11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Memorandum quyidagilarni nazarda tutadi:

  • kibersport va IT-sanoatini taraqqiy ettirish;
  • oʻyinlar ishlanmalari borasida hamkorlik qilish;
  • mahalliy va xalqaro miqyosda tadbir va musobaqalar oʻtkazish;
  • yuqori texnologiyalarni ommalashtirish;
  • xorijiy investorlarni jalb etish;
  • tashqi bozorlarga chiqish.

Elektron kompyuter sporti federatsiyasi 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2018 yil avgust oyida O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federatsiyasi O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi deb nomlandi.