13 iyul kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Sin Litsyun bilan Lyuksemburgda o‘tkazilgan boshqaruvchilar kengashi yillik majlisida uchrashuv o‘tkazdi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Unda Buxoro viloyatida suv ta’minoti, kanalizatsiya va yo‘l qurilishi sohasida umumiy qiymati 600 mln $dan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Shuningdek, yaqin kunlarda OIIB boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyati ham muhokama qilindi.

Sin Litsyunning OIIB va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik tarixi boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligini e’tirof etildi.