15 iyul kuni Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining final bosqichi natijalari e’lon qilindi.

Tanlovning yakuniy bosqichi natijasiga ko‘ra 50 nafar g‘olib va 100 nafar finalchi aniqlandi.

Tanlovning final bosqichida baholash mezonlari sifatida quyidagi kompetensiyalar belgilandi: boshqaruv professionalizmi, liderlik qobiliyati, tizimli fikrlash salohiyati, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik.

Tanlovning 50 nafar g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichida ishtirok etgan 100 nafar ishtirokchilariga eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan “Taraqqiyot” tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish huquqiga ega bo’ladi. Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10%i miqdorida ustama to‘lanadi.

Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘taydi.

Final bosqichi g‘oliblari tanlovning taraqqiyot-tanlov.uz rasmiy saytida e’lon qilindi.