AQSh prezidenti Donald Tramp Qo’shma Shtatlar Savdo vazirligi tomonidan xorijdan uranni olib kirish milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqidagi xulosalariga qo’shilmasligini bildirdi, xabar beradi “РБК”.

Tramp ular “jiddiy tashvish"ga sabab bo’lishi va bu masalani chuqurroq tadqiq qilishni talab qilishini qayd etdi.

2018 yilning iyul oyi o’rtalarida AQSh Savdo vazirligi import qilinadigan uran milliy xavfsizlikka tahdid solishi bo’yicha surishtiruv boshladi.

Shikoyatchilar uran ta’minotini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan davlatlar (Rossiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Xitoy)dan yetkazib berilishini, mudofaa va bandlik uchun xavflarni qayd etdi va so’nggi yillarda Qo’shma Shtatlardagi uchta kompaniya qazib olishishlarini to’xtatganini ta’kidladi.

2017 yilda O’zbekiston U3O8 ekvivalentida 2,15 mln funt miqdorida AQShga uran yetkazib berdi. Bu shtatlardagi barcha importlar orasida beshinchi ko’rsatkichdir.

Import bo’yicha Kanada 14,05 mln funt bilan birinchi o’rinni, Avstraliya ikkinchi (8,13 mln funt), Rossiya uchinchi (7,07 mln funt) va Qozog’iston to’rtinchi (4,64 mln funt) o’rinni egallaydi.

Shu bilan birga, O’zbekistondagi uran eng arzon narxda keltiriladi (faqat Rossiyadan tashqari — bir funt uchun 31,5 $) — U3O8 ekvivalentiga o’rtacha 37,7 $.