Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda “IV — League” o‘rtasida memorandum imzolandi, xabar beradi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Spot’ga ma’lum qildi.

16 iyul kuni Nyu-York shahridagi Kolumbiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Kolumbiya universiteti va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zbekistonning moliyaviy — iqtisodiy sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlarning malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ilk hujjat — memorandum imzolandi.

Dastlabki bosqich natijalariga ko‘ra, tomonlar Kolumbiya universitetining Agentlik bilan birgalikda joriy yilning kuzida Toshkentda qator treninglar va seminarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Kolumbiya universiteti 1754 yilda tashkil etilgan AQSHning eng qadimgi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, U IV — Ivy League ni tashkil etuvchi sakkizta Amerika universitetlaridan biri hisoblanadi. Uning bitiruvchilari ko‘plab taniqli olimlar hisoblanib, davlat va siyosat arboblari, shu jumladan 3 nafar AQSH prezidenti, 96 ta Nobel mukofoti laureatlari va 29 ta davlat rahbarlari bo‘lishgan.