Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etiladi.

Qarorga bilan texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:

  • hududda raqobatbardosh, innovatsion mahsulotlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish;
  • yuqori texnologiyalar sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-texnik hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yagona maydon yaratish orqali hududning innovatsion imkoniyatlarini oshirish;
  • startap-loyihalarni joriy etish;
  • malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish intergatsiyasini yanada mustahkamlash;
  • hududda yuqori texnologiyali infratuzilma xususan zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlarini yaratish, shuningdek venchur moliyalashtirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatlarini nazarda tutgan holda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda texnopark rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • yetakchi kompaniyalar vakillari, yuqori malakali mutaxassislar ekspertlar ishtirokida mahorat darslari, treninglar tashkil etish.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xo‘jalik subyektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.