Jahon banki O’zbekistondagi Fides Solutions MChJ va Ravshan Rizametovga nisbatan uch yillik taqiq qo’ydi. Bu haqda Jahon banki ma’lumotlarida keltirilgan.

Fides Solutions va Rizametovning korrupsion amaliyotlar bilan shug’ullanganlik va O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida kelgusidagi shartnomaga ta’sir ko’rsatish maqsadida Jahon banki xodimiga qimmatbaho narsalarni taklif qilganlikda ayblanmoqda.

Shunindek, qayd etilishicha, Fides Solutions kompaniyasi va Rizametov Jahon banki guruhining sanksiyalar bo’yicha Kengashiga protseduralarda ko’rsatilgan muddatda javob bermagan.

SDO tomonidan tavsiya etilgan sanksiya 2019 yil 17 iyulda kuchga kirdi.