Xiaomi Android One dasturi doirasida o’zining yangi smartfoni Mi A3'ni taqdim etdi.

Smartfon bir nechta rangga ega shisha korpus, shuningdek, 6 dyuymli displey va ekran quyi qismida joylashgan barmoq izlari skaneriga ega bo’ldi.

Qurilmaning samaradorligiga sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 665 protsessori mas’ul bo’lib, 11 nanometrli texnologik jarayon asosida qurilgan. Xiaomi Mi A3 ikki versiyada mavjud: 4/64 Gb va 4/128 Gb. 512 Gbaytgacha microSD kartalari uchun “uya” mavjud.

Smartfon 4030 mA/soat batareya va USB-C portiga ega, shuningdek, quloqchinlar uchun joy, 32 megapikselli old kamera va uchtalik (48 Mp + 8 Mp + 2 Mp) asosiy kameraga ega.

Xiaomi Mi A3 sotuvi 24 iyul kuni 4/64 Gb uchun 250 yevro va 4/128 Gb uchun 280 yevro narx bilan boshlanadi.