20 iyul kuni Aloqa tarixi muzeyida IT-parkka dastlabki startaplarni qabul qilish jarayoni va loyihalar taqdimoti bo’lib o’tadi. Bu haqda texnoparkning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabarda keltirilishicha, barcha xohlovchilarga taqdimotlarni kuzatish imkoniyati taqdim etiladi.

Taqdimotda 60 ga yaqin loyiha namoyish etiladi va ulardan faqat dastlabki o’ntaligi maslahat kengashi tomonidan tanlanadi.

Maslahat kengashining tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Farhod Ibrohimov, IT-park direktori.
  • Akmal Solihov, VRonika asoschisi.
  • J. Partasarti, IT-park maslahatchisi.
  • Usmon Rahimjonov, “Startap-tashabbuslar” loyihasining koordinatori.
  • Tolib Mirzaqulov, AKT vazirligining elektron tijoratni rivojlantirish departamenti boshlig’i.

Manzil va vaqt: Alisher Navoiy ko’chasi, 28Ada joylashgan Aloqa tarixi muzeyi, 10:00 da boshlanadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish kerak.