Ilgari Spot Rossiyaning “Татнефть” kompaniyasi O’zbekistonda “Татнефть-АЗС-Ташкент” MCHJni tashkil qilgani va kompaniya mamlakat bo’ylab yoqilg’i quyish shahobchalari tarmog’ini tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

“Татнефть” birinchi ko’p turdagi yoqilg’i quyish shahobchasini Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumanida ishga tushirdi.

Yoqilg’i quyish shahobchalarida Ai-95, Ai-92 markali benzin va “ТАНЕКО” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yoqilg’isi, O’zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan Ai-80 benzini, shuningdek, metan sotilishi rejalashtirilmoqda.

Yoqilg’i quyish shahobchalarida neft mahsulotlarini naqd pul yoki plastik kartalar va “Татнефть” kompaniyasining bank va yoqilg’i kartalari yordamida sotib olish mumkin.

Kelgusida “kompaniya chakana tarqatish tarmog’ini kengaytirishni rejalashtirgan, bu mintaqani Rossiyaning yetakchi neftni qayta ishlash zavodlari yoqilg’isi bilan ta’minlaydi.

“Татнефть” — Rossiya neft kompaniyasi bo’lib, 1950 yilda tashkil topgan. Rossiyada neft qazib olish bo’yicha beshinchi o’rinda turadi.