O’zbekiston Xitoydan 24 ta elektrovoz (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo’lovchi hamda yuk tashishlarga mo’ljallangan) xarid qiladi.

Tegishli shartnomani imzolash jarayonida “O'zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi, hamda Xitoy CNTIC boshqaruvi raisi va CRRC Dalian Co. Ltd. boshqaruvi raisi ishtirok etdi, xabar beradi “O'zbekiston temir yo’llari” AJ matbuot xizmati.

Yangi lokomotivlar “Тemir yo’l samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida, hamda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi qarori doirasida sotib olinadi.

Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati — 2019−2020 yillari.

Lokomotivlar yo’lovchi va yuklarni tashishga mo’ljallangan bo’lib, shu jumladan og’ir yuklarni tog' sharoitida tashish imkoniyatiga ega. Ularda qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yo’nilg’i iste’molni ham kamaytiradi.

Ekologik xavfsizlik bo’yicha xalqaro talablarga javob beradigan mazkur lokomotivlar asenxron tortish elektr dvigatellari bilan jihozlangan.