“O‘zavtosanoat” aktivlari auksionda sotuvga qo’yiladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, O‘zavtosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

  • QQSni va haqiqiy qiymatini hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich bahosi bo‘yicha auksionga qo‘yish orqali;
  • savdoga qo‘yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, boshlang‘ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.

Shuningdek, “O‘zavtosanoat” tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlar jalb qilinadi.