KaiOS operatsion tizimi nihoyat WhatsApp’ning rasmiy versiyasini oldi, xabar beradi “Gagadget”.

WhatsApp KaiOS’dagi ba’zi qurilmalar uchun chiqarilgan edi. O’tgan yilning sentyabr oyida ushbu dastur JioPhone telefonlarida va shu yilning aprelida Nokia 8110da (faqat Hindistonda) paydo bo’ldi.

Endi u butun dunyo bo’ylab yettita qurilmada mavjud: Cat B35, Doro 7060, JioPhone, JioPhone 2, MTN Smart, Nokia 8110 va Orange Sanza.

Ilovani 256 MB yoki 512 MB tezkor xotiraga ega KaiOS qurilmalari uchun KaiStore-dan yuklab olish mumkin va shu yilning uchinchi choragidan boshlab ba’zi telefonlarga oldindan o’rnatiladi.

Ilova versiyasi qo’ng’iroqlar va xabarlarni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek Android va iOS-da bo’lgani kabi so’nggi shifrlashni ham o’z ichiga oladi.