24 iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki — IT Parkning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, xabar beradi AKT vazirligi matbuot xizmati.

Yaqin kelajakda IT Park uchun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar o‘z go‘yalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida viloyatlarda ham IT Parkning filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT Parkning Qabul Hay’ati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalar:

  • Akseleratsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Fastаgo — Igor Kim; Document Scanner — Shuhrat Zaxidov; Electronic Shelf Label — Muzaffar Mahkamov; Agromart — Akbar Boboxonov; Arzon Apteka — Danik Kamilov; Meteostation — Vladimir Alatarsev.
  • Inkubatsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Revisor — Islomali Nuraliyev; Event — Shoxruxxon Umarov; Altmed — Maxmudjon Sodiqov; Worklance — Bekzodxon Maxkamov; Delivera — Aziz Qurbonov, Spherra — Rustam Yuldashev, AydaTuda — Vladislav Vavilov; Patient Monitor — Murod Axunov; LockerPost — Rustam Asimov.