1972 yilda chiqarilgan Nike krossovkalari Sotheby’s auksionida rekord darajadagi miqdor — yarim million dollarga sotildi.

Kim oshdi savdosida 100 juft krossovka namoyish etildi va barchasi bir odamga sotildi.

Nike Waffle Racing Flat Moon Shoe krossovkalari 475 500 $ga sotilgani xususida Sotheby’s saytida ma’lum qilindi, xabar beradi Forbes.

Krossovkalarni kanadalik tadbirkor Maylz Nadal sotib olgan, u ularni shaxsiy muzeyidagi “klassik avtomobillar kolleksiyasi yonida” qo’yishga va’da bergan.

Auksion uyi krossovkalar 160 ming $ga xarid qilinishini taxmin qilgan, biroq Nadal ular uchun deyarli uch baravar ko’proq pul to’ladi.

Bundan tashqari, ishbilarmon 2017 yildagi so’nggi rekordni ikki baravarga oshirdi: o’shanda ilgari basketbolchi Maykl Jordanga tegishli bo’lgan Converse poyafzali kim oshdi savdosida 190 373 $ga sotilgan.

Nike hammuassisi Bill Bauerman ushbu modelni 1972 yilgi Olimpiya o’yinlari uchun ishlab chiqqan. Prototipni yaratish uchun u yuguruvchilar uchun mos taglikni yaratish uchun vafli qolipidan foydalangan,va unga kauchuk quyilgan.