Huawei Xitoyda Mate 30 Lite (Xitoyda Nova 5i Pro nomini oldi) taqdimotini o’tkazdi.

Huawei Mate 30 Lite 7 nanometrli Kirin 810 chipseti va to’rt sensorli kameraga ega bo’ladi: 48+8+2+2 Mp.

Operatsion hajmi 6 yoki 8 Gb, ma’lumotlarni saqlash uchun 128 yoki 256 Gb ajratiladi.

Smartfon tomonlar nisbati 19,5:9 ga teng 6,26 dyuymli displeyga ega. Ekranning yuqori chap burchagida 32 megapikselli old kamera uchun “o'yiq” mavjud.

Qurilma 22,5 vatt tezkor quvvatlagichga ega bo’lgan 4000 mA/soat batareyada ishlaydi.

Huawei Mate 30 Lite sotuvi 2 avgust kuni Xitoyda 320 $ narx bilan boshlanadi.