Poytaxtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni aniqlash va yordam berish maqsadida Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

Faoliyatida to’sqinlikka uchrayotgan tadbirkorlar muammolar yoki savollar yuzasidan respublika ishchi guruhiga murojaat qilishilari mumkin.

Murojaatlar 7 — 17 avgust kunlari mobaynida 24 soat ishlaydigan 1100 qisqa raqamiga, internet tarmog‘idagi business.gov.uz yagona interaktiv portaliga yoki Toshkentning har bir tumanlarida tashkil etilgan “Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh vazir qabulxonalari"ga kelgan holda murojaatlarni qoldirish mumkin.

Shuningdek, tumanlarda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ishtirok etib, ishchi guruhga bevosita murojaat etish imkoniyati ham mavjud.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh vazir qabulxonalari manzili va batafsil ma’lumot bu yerda.