“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bayram kunlari ko’proq yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish maqsadida qo’shimcha poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilganini ma’lum qildi.

Toshkent-Urganch-Toshkent yo’nalishida 556/555 sonli qo’shimcha poezdlar qatnovi yo’lga qo’yildi.

556 — sonli qo’shimcha poyezd 09, 11, 13 avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kundizi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo’nalishida harakatlanadigan 555-sonli poyezd esa 10, 12, 14 avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da jo’naydi.

Shuningdek, 9 avgustdan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo’nalishida qo’shimcha 764/763 sonli Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yo’lga qo’yildi.