“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi “Bir qishloq — bitta mahsulot” tamoyili bo‘yicha intellektual-rivojlangan infratuzilmaning sinov loyihasini ishga tushirmoqda. Bu haqda LBMA matbuot xizmati xabar berdi.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Paxtazor qishlog‘ida amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyiha qishloqlarda katta bo‘lmagan intellektual-ishlab chiqarish va avtonom infratuzilmaning qurilishini nazarda tutadi, uning ichiga quyosh kollektorlari, issiqxona va baliqchilik xo‘jaliklari, suv ta’minoti tizimi kiradi.

Loyihaning yaratilayotgan infratuzilmasi resurslarni tejash va yuqori sifatli ekologik toza mahsulot olish uchun mavjud texnologik yechimlaridan maksimal darajada foydalanadi.

Fermer xo‘jaliklarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona onlayn portalini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar boshlangan, unda fermerlar o‘zlarining tajribalari bilan almashishi va butun jahonning ekspertlaridan maslahat olishlari mumkin.

Portal qishloq-marketpleys funksiyasini ham bajaradi, onlayn rejimda mahsulotni sotish imkoniyati bilan, bu mijozlarni qidirish jarayonini sezilarli darajada maqbullashtirish imkonini beradi.

Dastlabki yiriklashtirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra baliqchilik xo‘jaliklari bo‘yicha xarajatlarni qoplanishining quyidagi muddatlarini belgilash mumkin:

  1. Yiliga 2500 kg.gacha forel, tilapiya, sazan va osetr baliqlarini ishlab chiqaradigan universal qurilmali xo‘jalik yetkazib berishni hisobga olmaganda 487 mln so‘mga aylanadi (narxga qurilmaning montaji qo‘shilgan). Bunday qurilmaning xarajatlari qoplanishi 3 yilgacha hisoblangan.
  2. Afrika laqqasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xo‘jalik. Qurilma yiliga 1500 kg.gacha baliq ishlab chiqarish imkonini beradi. Montaji bilan yetkazib berishni hisobga olmaganda narxi — 583 mln so‘m. Xarajatlarning qoplanishi 3 yilgacha.

Undan tashqari, butlovchi buyumlarni yoki tizimni to‘liq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, bu esa qurilmaning so‘nggi narxiga ta’sir etadi hamda logistika xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.

Issiqxona xo‘jaliklarining dastlabki yiriklashtirilgan hisob-kitobiga ko‘ra 1 ga mahalliy issiqxonani qurilishi quyosh kollektorlaridan foydalangan holda va materialning sifatiga qarab 985,6 mln. so‘mdan boshlanishini ko‘rsatmoqda. Bu tizimning quyosh kollektorlari yiliga 91 mVt issiqlik energiyasini hamda yiliga 7 800 tonna issiq suv, shundan qish davrida 942,8 tonna ishlab chiqarishga imkonini beradi.

Biznes uchun imkoniyatlar

“Raqamli ishonch” jamg‘armasi xususiy investorlarni hamda kichik va o‘rta biznesni (keyingi o‘rinlarda — investorlar) hamkorlikka taklif qiladi.

Investorlar taqdim etilayotgan texnologiyalar va ularning samaradorligi bilan pastda ko‘rsatilgan raqam orqali bog‘lanib tanishishlari va jamg’arma bilan birgalikda mamlakatning turli qishloqlarida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilishlari mumkin.

Jamg’arma investorlarga bepul yuridik ko‘mak va quyidagilarda yordam beradi:

  • texnologiyalarning xususiyatlarini va afzalliklarini to‘g‘risida ma’lumot olishda;
  • shartnomalarni tayyorlashda va ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda;
  • talab etiladigan maydonlar va infratuzilma uchun barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
  • jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlarida.

Batafsil ma’lumot bu yerda.