ERGO Research & Advisor kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi startap kompaniyalarni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan so‘rovnoma orqali startaplar duch kelayotgan asosiy muammolar aniqlandi.

O‘zbekistondagi startaplar nisbatan kichik kompaniyalar bo‘lib, kelgusi yilda ishchilar sonini 3 tadan 5 kishigacha oshirishni rejalashtiradigan 1 tadan 9 tagacha bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘ladi.

Startaplarning yarmidan ko‘pi faoliyati uchun binolarni ijaraga oladi, bu ularning harajatlarini sezilarli darajada oshiradi va daromadlarni kamaytiradi, 25%i esa uyda ishlaydi.

Aksariyat startaplar shaxsiy mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi va ularning o‘rtacha aylanmasi 2019 yilda 1,5 mlrd so‘mga yetishi mumkin. 57% startaplar b2b sohasida ishlaydi, ularning asosiy mijozlari yuridik shaxslardir.

Mahalliy startap kompaniyalarning 54%i mahsulot va xizmatlarni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Ayollarning O‘zbekiston startaplar jamiyatidagi ulushi juda oz — to‘qqizta startapdan ikkitasi ayollardir.

Muammolar

Aksariyat startaplar hech bir tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Biznesni rivojlantirish bosqichida startaplarning asosiy muammolari ortiqcha byurokratiya, murakkab qonunchilik tizimi va boshlang‘ich sarmoyani izlashdan iborat.

Moliyalashtirishni izlash startap kompaniyalar uchun dolzarb muammo hisoblanadi. 2019 yilda eng ko‘p kutilgan to‘siq (so‘roq qilinganlarning 60%i), mablag‘ topishdagi qiyinchiliklardir.

Bundan tashqari, so‘ralganlarning 20%i moliyaviy resurslarning yetishmasligini asosiy muammo sifatida ko‘rsatgan.

Ilgari Spot Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonda zamonaviy startap loyihalarining ekotizimini shakllantirishga bag‘ishlangan yig’ilishda tashqi internet kanalidagi monopoliya startaplarning muammolaridan biri deb atalgani haqida xabar bergan edi.