Oʻzbekistondagi aeroportlar va vokzallar tezkor Wi-Fi bilan taʼminlanadi.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi prezidentning “Oʻzbekiston respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga tayanib xabar berdi.

Unga ko’ra mehmonxonalarni butunjahon internet tarmogʻiga kirish, jumladan 4 mb/s'dan kam boʻlmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan taʼminlashga doir talablarni kiritish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yoʻllari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/s'dan kam boʻlmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan taʼminlanadi.

Mazkur qadam turistik “aqlli shahar"ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanib, yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish yoʻlida xizmat qilishi kutilmoqda.