Xalq ta’limi vazirligi Telegram messenjerida Uzedubot botini ishga tushirdi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor. Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi.

Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi.

Vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borish imkoniyat ham mavjud.

“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan bot hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda.