Joriy yil Surxondaryo viloyatida eksport hajmi o’sdi, import hajmi esa 54,3%ga kamaydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yil 7 oyi mobaynida viloyat bojxona boshqarmasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali 7041 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 594 taga yoki 9,2%ga ortgan.

Shuningdek, viloyat miqyosida eksport qilingan tovarlar ulushi 185,3 mln $ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,5 mln $ yoki 129,3%ga ko‘paygan.

Import qilingan tovarlar ulushi esa 120,5 mln $ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,6 mln $ yoki 54,3%ga kamaygan.

Eksportga rasmiylashtirilgan tovarlarning o‘sishi asosan quyidagi tovarlar eksportining ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri keladi:

  • dukkakli ekinlar — qiymati 41,5 mln $;
  • ip-kalava — qiymati 30,9 mln $;
  • mis konsentrati — qiymati 19,7 mln $;
  • un — qiymati 4,8 mln $;
  • karam — qiymati 4,3 mln $;
  • ipak va mato — qiymati 2,7 mln $;
  • sement — qiymati 2,2 mln $;
  • gilos — qiymati 2,1 mln $;
  • piyoz — qiymati 1,7 mln $.