Yagona umumrespublika protsessing markazi (YUPM) elektron tijorat sohasidagi hamkorlari bilan birgalikda yuridik shaxslar uchun Uzcardtrade.uz savdo platformasini ishga tushirdi. Bu haqda YUPM ma’lumotlarida keltirilgan.

Xabarda keltirilishicha, platforma xaridorlar tomonidan “Narxni so‘rash” va “Raqobatli xaridlar” kabi xarid usullaridan foydalanish mumkin bo‘lgan elektron yarmarka hisoblanadi.

Elektron platformaning asosiy afzalligi hujjatlardan elektron shaklda foydalanish bo‘lib, bunda ishonchnoma, hisobvaraq-faktura va cheklar elektron ko‘rinishda shakllanadi va ishtirokchilarning elektron raqamli imzosi bilan rasmiylashtiriladi.

Elektron yarmarka ishtirokchilarining ijro intizomini oshirish maqsadida tizimda tuzilgan shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydigan mexanizm ham joriy etilgan.

Xususan, shartnoma tuzilganidan so‘ng sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov mablag‘lari korporativ kartada muzlatiladi va faqatgina sotuvchi tomonidan tovarning yetkazib berilishi va qolgan majburiyatlar bajarilishi bilan sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi.