Innovatsion rivojlanish vazirligi Astron Fund Advisors venchur fondi bilan memorandum imzoladi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Astron Fund Advisors MChJ boshlang‘ich bosqichdagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun imkoniyatlar taqdim etadi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston bozorini yangi yuqori texnologik bosqichiga olib chiqishga qodir bo‘lgan eng yorqin g‘oyalar va yuqori samara beruvchi jamoalarni qo‘llab-quvvatlashdir.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lgan g‘oyalar va jamoalarni o‘zida mujassam etgan loyihalarga fond moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi va mentorlikni amalga oshiradi.

Fondning loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tanlovida ishtirok etishga arizalar taqdim qilishda nomzodlar kompaniya, jamoa, loyihaning g‘oyasi, maqsaddagi bozor, loyihaning rivojlanish bosqichlari, mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasi, moliyaviy mablag‘lardan foydalanish asosiy maqsadlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rsatishlari zarur.

Havola orqali tanlov shartlari bilan tanishish va arizani to‘ldirish mumkin.