26 — 30 avgust kunlari elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 250 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 65 ta obyekt sotildi. Bu haqda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 9 ta davlat mulki obyekti 5 mlrd 350 mln so‘m investitsiya kiritish, 151 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 277 mln so‘mga sotildi.

Jumladan ushbu haftada 97 ta obyekt savdoga chiqarildi va 55 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Jami 250 ta boshlang‘ich narxi 774,7 mln so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 61 mlrd 939,8 mln so‘mlik investitsiya kiritish va 987 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd 259,7 mln so‘mga sotildi.

Hafta davomida jami 295 ta boshlang‘ich narxi 1mlrd 280,8 mln so‘mlik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, auksionda xozirgi kunda 3101 ta boshlang‘ich narxi 92 mlrd 903,1 mln so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

65 ta obyekt 10 mlrd 726,1 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 84 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo o‘zanlari tozalash huquqi

1 ta daryo o‘zanlarini tozalash loyixasi 311,9 mln so‘mga sotildi. Shu bilan birga, haftada jami 3 ta boshlang‘ich narxi 454,2 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyixalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, bugungi kunda 31 taboshlang‘ich narxi 9 mlrd 341,6 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyixalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 20 ta boshlang‘ich narxi 150 mln so‘mlik qimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi 157,5 mln so‘mga sotildi.

Auksiondada hozirda 9 ta boshlang‘ich narxi 67,5 mln so‘mlik qimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.