26 avgust — 01 sentyabr kunlari onlayn auksion orqali 741 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,7% ikkinchi va 30,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 462,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 726,9 mlrd so‘mni, valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 2,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi.