Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona Portal) to‘rtta yangi onlayn davlat xizmatlari ishga tushirildi, xabar beradi LBMA matbuot xizmati.

Xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olinish jarayonini takomillashtirish maqsadida quyidagi davlat xizmatlari ishga tushirildi:

  • xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish;
  • xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun ariza yuborish.

Ikki xizmat ham faqatgina elektron ko‘rinishda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron shaklda Yagona portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilina boshlandi.

Shuningdek, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma olish uchun arizalar faqat elektron shaklda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinmoqda.