HMD Global Berlindagi taqdimotda bir nechta yangi qurilmalarni namoyish qildi.

Nokia 7.2

Smartfon 6.3 dyuymli FHD+ IPS displeyga ega shisha korpusga ega bo‘ldi. Ekran yorug’ligi 500 nt.ni tashkil etadi. U HDR10 rangli diapazonini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangilik Snapdragon 660 protsessorida 4/6 operativ va 64/128 ichki xotira bilan ishlaydi. 3500 mA/ soat batareya avtonomlik uchun javob beradi.

ZEISS optikasiga ega asosiy moduli 48 Mp bo‘lgan uchtalik kamera Nokia 7.2'ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Asosiy modulni 5 Mp chuqurlik sensori va 8 Mp keng burchakli obyektiv to‘ldiradi.

Nokia 2720 Flip

Oddiy “buklama” telefon Snapdragon 205 chipi va KaiOS operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma 512 Mb operativ va 4 Gb ichki xotira, microSD kartalari (32 Gbaytgacha) uchun joy, 1500 mA/ soat batareya va ikkitalik ekranga ega.

2 Mp kamera, Wi-Fi, Bluetooth, 4G LTE, Google Assistant’ning qo‘llab-quvvatlanishi va WhatsApp hamda Facebook’ni telefonning asosiy xususiyatlari sifatida keltirish mumkin.

Nokia 800 Tough

Qurilma “buklama” Nokia 2720 Flip’dan 2100 mA/ soat batareya, suv va zarblardan himoyalangan korpusi bilan farqlanadi.

Nokia 110

Mazkur telefon yuqoridagilarning eng oddiysi hisoblanadi. Qurilma 1.77-dyuymli ekran va microSD kartalari orqali 32 Gbaytgacha kengaytirish imkoniyati mavjud 4 Mb ichki xotiraga ega.

Apparat Nokia Series 30+ tizimida ishlaydi. Unda FM Radio, hamda Ninja Up, Doodle Jump va Snake kabi o‘rnatilgan o‘yinlar mavjud.

Qurilmalar sentyabr oxiri va oktyabr boshlarida quyidagi narxlarda sotuvga chiqariladi:

  • Nokia 7.2 — 299 yevro
  • Nokia 2720 Flip — 89 yevro
  • Nokia 800 Tough — 109 yevro
  • Nokia 110 — 20 $