Dori vositalari va tibbiy buyumlarga elektron tarzda retsept berish axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga ko’ra, 2021 yil 1 yanvarga qadar Elektron retsept berish tizimi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy etiladi.

2021 yil 1 martdan boshlab Elektron retsept berish tizimi mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalari uchun, 2022 yil 1 martdan esa bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi.

Elektron retsept berish tizimini ishlab chiqish, joriy etish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash xususiy sherik mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ilgari Spot retsept bo’yicha beriladigan dori vositalarining onlayn sotuvi nega taqiqlanganligi haqida yozgan edi.