O‘zbekiston kredit byurosi jismoniy shaxslarning qarzlari to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘z tizimini vazirlik va idoralar bilan birlashtirishni yakunladi.

Markaziy bank vakili Nusratullo Fozilovning Spot muxbiriga ma’lum qilishicha, Kredit byurosi kommunal xizmatlar va soliq organlaridan ma’lumot oladi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxsning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga (INPS) kiritilgan badallar banklarga potentsial qarz oluvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishga imkon beradi. Ushbu ma’lumotlar avtomatik ravishda kredit byurosiga yuboriladi.

“Xususiy banklarning qariyb 90%i va 80% davlat banklari skoring modelini tatbiq etishdi. Mijozning to‘lov qobiliyatini aniqlashda, uning daromadidan tashqari, yoshi, oilaviy holati, kreditlar bo‘yicha qarzdorlik borligini, shu qatorda qarz oluvchi sifatida, kommunal xizmatlar va soliqlarni ham hisobga oladi”, — dedi Nusratullo Fozilov.

Shuningdek, u banklar tomonidan skoring modelidan foydalanish kreditlar berish jarayonini tezlashtirganligini qo‘shimcha qildi.

Regulyatorning hisob-kitoblariga ko‘ra, kiritilgan o‘zgarishlar tufayli moliyaviy tashkilotlar bir soat ichida arizachining to‘lov qobiliyatini baholaydilar.