Markaziy bank ayrim metro bekatlarida o‘rnatilgan bankomatlar nega ishlamasligiga izoh berdi.

Markaziy bank to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori Dilshod Ikramovning so‘zlariga ko‘ra, metrolarda bankomatlarning ishlamasligi texnik sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni, aloqa kanallari o‘rnatish ishlarini yo‘lga qo‘yilib, bu borada metropoliten bilan hamkorlikda choralar ko‘rilmoqda.

“Bugungi kunda 600 dan oshiq bankomat 24/7 rejimida ishlaydi. Hali ishga tushirilmagan, lekin o‘rnatilgan bankomatlarimiz soni ham ancha. Savdo markazlari va bank yaqiniga o‘rnatilgan barcha bankomatlar kechayu-kunduz ishlaydi”, — dedi Dilshod Ikramov.

Ikramov ta’kidlashicha, shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida markazlashgan monitoring tizimi o‘rnatilmoqda. Unda har bir o‘rnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.