Ilgari Spot xabar berganidek, hozirda Adliya vazirligi “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha doirasida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlar nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur sohaga oid o‘z takliflarni telegram messenjeridagi @tadbirkor_adliyabot boti orqali yuborish so‘ralmoqda.

Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ortiqcha talablar, qarama-qarshiliklar yoki eskirgan normalar haqida fikr va takliflarni yuborish mumkin.

Yuborilgan har bir taklif ko‘rib chiqiladi, asosli takliflardan qonun hujjatlarini takomillashtirishda foydalaniladi.