Toshkentdagi IT-Park Axborot va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida “mGovAward” respublika tanlovi oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Tanlovda ishtirokchilar Oʻzbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak boʻladi.

Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 100 ming $, shundan 50 ming $ birinchi oʻringa, 30 ming $ ikkinchi oʻringa va 20 ming $ uchinchi oʻringa beriladi. Shuningdek, gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar.

Talabalar 5 yoʻnalishda oʻzlarini sinab koʻrishlari mumkin:

  1. Taʼlim
  2. Sogʻliqni saqlash
  3. Turizm
  4. Transport va logistika
  5. Biznes va G2B

Tanlovning asosiy mezonlari — boʻlgʻusi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligidan iborat. Arizalar qabuli havola orqali 26 sentabrdan boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.