2019 yilning yanvar-avgust oyida neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 26,7 trln.so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,1%ni tashkil etdi.

Mazkur davrda 467,2 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,5%ga kamdir.

Ko‘mir qazib olish hajmi ham qisqarib, 2336 ming tonnani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 2392 ming tonna ko‘mir qazib olingan.

Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa ortib 40333,1 mln.kub.m.ni tashkil etdi, 2018 yilning mos davrida 40235,3 mln.kub.m.ni tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan shag‘al qazib olish 61,3%ga oshdi, gaz kondensati 3,1%ga, chaqiq tosh 4,2%ga pasaydi.