Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • Oltin tanga narxi 100 ming so‘mga ko‘tarilib 14,5 mln so‘mni tashkil etdi.
  • Kumush tanga narxi esa 3 ming so‘mga tushirildi — 335 ming so‘m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank 1018 yil noyabr oyining oxirida oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqardi. Bir hafta davomida sotuvga qo‘yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi.

Toshkent banklarida kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotuvda qolmadi. Esdalik tangalarning tijorat banklari filiallaridagi qoldig‘i bo‘yicha batafsil ma’lumot bu yerda.