Huawei Myunxenda Mate 30 smartfonlar oilasini taqdim etdi. Qurilmalarda Google servislari yo‘q, ammo Huawei o‘zining shaxsiy servislar do‘konini taklif qiladi.

Huawei Mate 30 Pro

Smartfon 2400×1176 piksel bo‘lgan 6,53 dyuymli OLED Horizon Displeyga ega bo‘ldi.

Smartfonning old qismidagi “o‘yiq"da selfi kamerasidan tashqari, harakatlar datchigi mavjud, uning yordamida imo-ishoralarni boshqarish uchun smartfondan foydalanish mumkin: masalan, sahifalarni aylantirish yoki qo‘l iflos bo‘lsa, skrinshotlar qilish mumkin. Sensor, shuningdek, begona odam ekranga qarayotgan bo‘lsa, “begona odamlarni” tanib olishni va shaxsiy ma’lumotlarni yashirishni ham biladi.

Barmoq izlari skaneri ekran quyi qismida joylashgan bo‘lib, Always-on Display rejimi mavjud va IP68 standartiga ko‘ra chang va namlikdan himoyalanadi.

Flagmanda Huawei Kirin 990 protsessori 8 Gb operativ va 128/256 Gb ichki xotira bilan birgalikda o‘rnatilgan. NFC, ikkita SIM-karta uchun “uya” va 40 vatt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 4500 mA / soat batareya va 27 vatt simsiz quvvatlagich mavjud.

Shuningdek, qurilmada 21 ta antenna joylashtirilgan, ulardan 14 tasi 5G ni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Smartfonning o‘ziga xos jihati uning kamerasidir:

Old kamera 32 megapikselli (f / 2.0) bo‘lib, 2288×1080'da videolarni tasvirga olish imkoniyatiga ega.

Huawei Mate 30

Kichik model 6,52 dyuymli AMOLED displeyga ega, uning tomonlar nisbati 19,5:9 va o‘lchamlari 2340×1080 pikselga teng.

Ushbu modelda ham Huawei Kirin 990 protsessori 6/8 GB operativ va 128 Gb ichki xotira bilan birgalikda o‘rnatilgan. Batareya quvvati 4200 mA / soat, 40 vatt tez zaryadlagich va 27 vatt simsiz zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kamera uchta datchikka ega: 40 megapikselli SuperSensing (f / 1.8), 16 megapikselli keng burchakli kamera (f / 2.2) va 8 megapikselli telefoto obyektiv. Shuningdek, lazerli avtofokus, 3x optik va 30x zum mavjud. Old kamera 24 Mp (f / 2.0).

Huawei Mate 30 Pro (4G versiyasi, 8/256 GB xotira) 1100 yevroga baholandi, 5G versiyasi uchun 1200 yevro to‘lash kerak. Huawei Mate 30'ning 8/128 GB xotiralik versiyasi esa 800 yevroga baholandi.

Tanlash uchun oltita: qora, kulrang, binafsha va yashil, shuningdek eko-charm qoplamali to‘q sariq va ko‘k rangda mavjud.