Human xususiy bandlik agentligi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 52 kishi agentlik bilan 2018 yilning noyabr oyidan 2019 yilning sentyabr oyigacha shartnomalar tuzgan.

Shartnomalarga ko‘ra, MChJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Buning uchun har bir arizachi agentlik hisob raqamiga 18 dan 35 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ko‘chirgan. Umumiy hisobda MChJning hisob raqamiga 1 670 500 000 so‘m kelib tushgan.

Biroq arizachilardan hech biri chet elda ishga joylashtirilmadi.

Xususiy agentlikka nisbatan Jinoyat kodeksining 168 modda 4 qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda ayblanuvchi sifatida MChJning 29 yoshli direktori jalb qilindi.