Bloger Alan Yenileyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan elektromobilni sinovdan o‘tkazdi. Yenileyev tegishli lavhani YouTube’dagi kanalida nashr qildi. Lavha Mover.uz.'da ham mavjud.

Elektromobillar prezidentning Qo‘qonga tashrifi chog‘ida namoyish qilinganlarga o‘xshaydi.

Elektromobillar bir marta quvvatlantirilgandan so‘ng 150 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Mazkur loyiha ishga tushsa, yiliga 2 ming dona elektromobil ishlab chiqariladi.

Xitoyning “Silk road company” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati 30 mln $ bo‘lib, uning 24 million $i xorijiy investitsiyadir.

Ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming $ atrofida bo‘lishi kutilmoqda.