2019 yil 8 oy davomida respublikaga 4,3 mln nafardan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga koʻra, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga (3,4 mln) nisbatan 26,7%ga koʻpni tashkil etdi. Turizm xizmatlari eksporti 28%ga oʻsdi.

Yil yakunida tashrif buyuradigan turistlar soni 6,5 milliondan oshishi kutilmoqda. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichga (5,3 mln) nisbatan 15%ga koʻp.

Shuningdek, turizm xizmatlari eksportining belgilangan prognozlariga muvofiq yil yakunida 1,3 mlrd $ga yetib, oʻtgan yilgi eksport hajmidan (1 mlrd $) 30%dan ortiqni tashkil etadi.

2018 yilda 106 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan boʻlsa, joriy yilning yakunigacha ularning umumiy soni 800 dan oshirilishi, shuningdek, 28 ming xonaga ega 1 142 mehmonxona barpo etiladi va yil boshidagi xonalar soni 37%ga oʻsishi kutilmoqda.