UzAuto Motors O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e’lon qildi.

Aksiya faqat umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:

  • Chevrolet Spark — 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy
  • Lacetti 3 poz — 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim. Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda xatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni “As servis” tarmoqlarining dilerlik korxonalari, “Sergeli Avtotexxizmat” AJ, “Nurafshon Avtocentr” MChJ, “Qaraqalpaqavtotexxizmet” MChJlardan olish mumkin.

Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi.