O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda “Uzenergoengineering-Assystem” qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda, xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va “O‘zenergoinjiniring” AJ bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekistonda MChJ shaklida faoliyat yuritadi.

“Uzenergoengineering-Assystem” qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obyektlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.

Assystem — atom energetikasi sohasidagi dunyodagi uchta yirik kompaniyalardan biri bo’lib, murakkab va qat’iy boshqariladigan tarmoqlarda 50 yildan ortiq tajribaga ega. Kompaniyaga 1966 yil Fransiyada asos solingan.

Ilgari Spot energetika sohasida xususiy sektor ishtirokida qanday loyihalar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.