“Uzbekistan” mehmonxonasi sotuvga fevral oyida sotuvga qo‘yilgan edi. Baholangan boshlang‘ich narx — 33 million $ni tashkil etgan.

Avgust oyida mehmonxona davlat ulushining boshlang‘ich narxi 29,7 mln $ga, sentyabr oyi boshida 26,4 mln $ga tushirildi.

Hozirda narx uchinchi marta pasaytirilib, 23,1 mln $ni tashkil etdi.

Bugungi kunga qadar 50 dan ziyod mahalliy, hamda xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilganiga qaramay hech qaysi bir investor tomonidan mazkur mehmonxona majmuasini sotib olish yuzasidan aniq takliflar berilmagan.

Davlat aktivining bugungi kundagi real holatiga nisbatan baland ekani, umuman yillik daromadlar hisob-kitob qilinganda uni qoplash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘lishi, qolaversa, xonalarning balandligi va kengligi 4 yoki 5 yulduzli mehmonxonalar talabiga to‘g‘ri kelmasligi, bino qurilishida betondan foydalanilganligi bois uni buzib qayta qurish ham katta mehnat talab etishi tadbirkorlar tomonidan ta’kidlanmoqda.