Markaziy bank “Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish va hukumat hamda Markaziy bankning iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan imtiyozli kreditlarning barcha turlari bo‘yicha foiz stavkalari, shu jumladan davlat dasturlari bo‘yicha ajratilgan kreditlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan (nashr qilingan paytda stavka 16%ni tashkil etadi) past bo‘lmagan darajada belgilash rejalashtirilmoqda.

Loyiha kuchga kirsa, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat maqsadli dasturlari doirasidagi kreditlar, zarurat tug‘ilganda, foizlar harajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalangan holda erkin bozor stavkalari bo‘yicha beriladi.

Shuningdek, Davlat pul-kredit siyosatining shartlarini inflyatsion targetlash rejmiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda, bunda:

  • 2023 yildan boshlab inflyatsiya darajasi doimiy 5% darajasida;
  • 2021 yilda 10%dan past darajada bo‘lishi kerak.

Hozirda imtiyozli kreditlar prezident qaroriga binoan “Har bir — oila tadbirkor” dasturi doirasida aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8% stavkada 3−6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 12 oktyabrga qadar havola orqali muhokamada qatnashib, oʻz fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.