O‘zbekistonda davlat xizmatchilari qattiq charchaganlaridan yig‘ilishlarda uxlab qolishadi, deb yozadi “Reuters” agentligi.
“Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada orqaga va oldinga qarab kelishuvlarni tuzib yurgan amaldor birdaniga qulab tushdi. Hamkasblari ushbu konferensiya oldidan uning haddan tashqari stressga yo‘liqqan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari kuniga 15 soatdan iborat bo‘lgan dam olishlarsiz uch yillik ishdan keyin charchoq bilan bog‘liq hodisalarga moyil ekanligi — keng tarqalgan fikrni aks ettiradi.
Natijada, yaqinda o‘z iqtisodiyotini ochgan mamlakatga kelgan chet ellik ishbilarmonlar mahalliy amaldorlar bilan uchrashuvlarda g‘ayrioddiy qo‘shimcha vazifaga duch kelmoqdalar — ular suhbatlashayotgan odam uxlab qolmasligini kuzatishlari kerak.
O‘zbekiston vazirliklari va idoralari azalgi — rahbariyat ishdan ketmasidan turib ish o‘rnini tark etmaslik an’anasiga ega. Mutasaddilar uchun vaziyat Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin murakkablashdi.
“Davlat rahbari juda ko‘p ishlaydi, bu esa o‘z navbatida boshqalarning ham shunday yo‘l tutishiga olib keladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, prezident, ehtimol tizimda tobora kuchayib borayotgan charchoqni sezgan holda, xodimlarga shanba kuni kechki soat 5:00 da ishdan ketishlari va yakshanba kunlari o‘z oilalari bilan birga bo‘lishlarini buyurdi.
“Ammo hech narsa o‘zgarmadi. Men hali ham ertalabki 8 da ishga kelaman va yarim tunda qaytib kelaman”, — agentlik mahalliy hukumat xizmatchisi so‘zlarini keltirdi.