7 oktyabr kuni Toshkentda Startup Grind xalqaro mustaqil startap jamiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv mehmonlari — Fintex, elektron tijorat, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, ta’lim texnologiyalari, logistika va davlat tizimlarini raqamlashtirish sohalaridagi ajoyib va o‘zgacha g‘oyalarni kapitallashtirishdan manfaatdor bo’lgan Astron venchur fondining vakillari.

Suhbatning mavzusi: “Qanday qilib investorni startapingizga sarmoya kiritishga ishontirish mumkin?”.

Tadbirida quyidagi kabi savollarga javob beriladi:

  • “Mening startap g‘oyam juda zo‘r, lekin boshlang‘ich sarmoyani qayerdan olaman?”;
  • “Biznesimning tuzilishi va innovatsiyasi bozorning barcha gigantlari va monopolistlarini yengib chiqishi mumkin, ammo investorlarni qayerdan topsam bo‘ladi?”;
  • “G‘oya juda zo‘r, ammo menda tajriba va ko‘nikmalar yo‘q. Kim menga yordam bera oladi?”.

Tadbirga tadbirkorlar, IT-mutaxassislar, marketologlar, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar taklif etiladi.

Joy va manzil: Ground Zero Kitob Olami (Mustaqillik ko‘chasi, 6−7). Tadbir 18:45 da boshlanadi.

Kirish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Silikon vodiysida asos solingan Startup Grind millionlab tadbirkorlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga, strategik hamkorlar bilan bog‘lanishga va sarmoya jalb qilishga yordam berdi. Ushbu loyiha Ground Zero kovorking-markazlari tarmog‘i bilan hamkorlikda amalga oshirildi.