Senatorlar banklar faoliyatiga doir qonunlarni muhokama qildilar.

Xususan, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi va Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi yangi hujjatga ko‘ra bank tuzish uchun dastlabki ruxsatnoma berish, investorlar tomonidan Markaziy bank roziligisiz banklar aksiyalarini sotib olish tartibi takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, bank xodimlarining odob qoidalariga rioya qilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ham ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonunda Markaziy bank vakolatlari tartibga solinmoqda. Ushbu moliya muassasasi ustav kapitalini amaldagi 2 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha oshirish nazarda tutilgan.

Qonun bilan audit o‘tkazish tartibi takomiliga yetkazilmoqda. Xususan, Markaziy bank faoliyatining ichki va tashqi auditini o‘tkazish belgilanyapti.

Unga ko‘ra ichki audit tegishli xizmat tomonidan yiliga kamida bir marotaba, tashqi audit esa har yili mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.