Ekvivalent qiymati 40 ming $ va undan yuqori bo‘lgan, ishlab chiqarilgan kundan boshlab ikki yildan oshmagan avtomobillar importi uchun 2019 yil 1 yanvardan boshlab bojxona to‘lovining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilangan edi.

Ularga faqat bojxona qiymatining 20%i miqdorida aksiz solig‘i qo‘llanilmoqda.

Endi 2020 yil 1 yanvardan bunday avtomobillar importiga mazkur imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda prezident qarorida keltrilgan (Spot'da mavjud).

1 yanvardan boshlab ularga dvigatel hajmiga qarab koeffitsientni hisoblashning standart tartibi qo‘llanila boshlaydi.