Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar inshootlarni energetika jihatdan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorga qo‘shimchalar kiritildi.

Qaror bilan chetdan olib kirilayotgan va O‘zbekiston hududida sotilayotgan energetik jihatdan markirovkalanishi lozim bo‘lgan maishiy elektr priborlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi:

  • markaziy isitish qozonlari (8402 pozitsiyadagi qozonlardan tashqari);
  • Oqayotgan va yig‘ma suv isitgichlar (elektr bo‘lmagan);
  • gorizontal o‘lchamlari 120 sm dan oshmaydigan dudbo‘ron yoki davlumbazlar;
  • chang yutgichlar;
  • o‘rnatilgan elektr motorli elektromexanik maishiy mashinalar (8508 pozitsiyadagi changyutgichlardan tashqari).