O’zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyaga ko’maklashish fondi bilan hamkorlikda startaplar tanlovi e’lon qilingan edi.Tanlovda ishtirok etish uchun mahalliy kompaniya Rossiya korxonalari bilan “Loyihaviy sherik” prinsipi ostida kelishuvga erishishlari lozim edi.

Tanlov yakuniga ko’ra, umumiy qiymati 29,2 mlrd so’mga teng bo’lgan 30 ta ariza kelib tushgan. Moliyaviy- iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy ekzpertizalar yakunlariga asosan, Rossiya ilmiy-texnikaviy kengashi 13 ta loyihani moliyalashtirishni taklif qilgan. Rossiya tomonidan 3 ta eng yuqori ball bilan o’tgan loyihalarga alohida urg’u berib o’tildi -deyiladi Innovatsiya vazirligining axborot xizmati saytida.

Joriy yilning 15- dekabr kuni Innovatsiya vazirligi Kengashi tomonidan startap loyihalari tanlovi doirasida moliyalashtirishga tavsiya etilgan 3 ta loyiha tanlab olindi.

Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar yoʼnalishi bo’yicha:

“Tarkibida nikel boʼlgan karbonil guruhiga kiruvchi nikel moddasi, erkin kremniy va asetilen uglevodi olish uchun mo’ljallangan katalizatorlar va boshqa xomashyo materiallarini demetallizatsiya qilish texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi uchun Oʼzbekiston tomonidan “GLOBAL TECHNOMET”" MChJga 1 mlrd soʼm va Rossiyaning “POLIMET TREYDING” kompaniyasiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan 12 000 000 rubl grant mablagʼlari ajratiladi.

Raqamli texnologiyalar yoʼnalishi bo’yicha:

“Uchuvchisiz uchish apparatlari va GIS-texnologiyalaridan foydalangan holda uzoqda joylashgan obyektlarni monitoring va vaziyatli tahlil qiluvchi hamda xabar yetkazishga moʼljallangan koʼp funksiyali majmuasi” loyihasi uchun Oʼzbekiston tomonidan “ALEKS TELEKOM” xusuxiy korxonasiga 1 mlrd soʼm va Rossiyaning “INKOM” kompaniyasiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan 12 000 000 rubl grant mablagʼlari ajratiladi.

Tibbiyot va sogʼliqni saqlash texnologiyalari yoʼnalishi bo’yicha:

“Tibbiyot maqsadlari uchun Germaniy-68 radionukleid ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” loyihasi uchun Oʼzbekiston tomonidan Oʼz FА YaFI qoshidagi Tajriba zavodiga ega boʼlgan konstruktorlik byurosiga 1 mlrd. soʼm va Rossiyaning “GАMMАTEX” kompaniyasiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan 12 000 000 rubl grant mablagʼlari ajratiladi.

Tanlov innovatsion faoliyatning barcha yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi. Loyihalarning davom etish muddati 24 oydan oshmaydi.